8 Aprel 2026 91

Gʻaniyev finalda, Aminov va Qoʻchqorov bronza uchun kurashadi

Qirgʻiz Respublikasi poytaxtida sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionati davom etadi. Bugun musobaqada yunon-rum kurashi boʻyicha bellashuvlar yakunlanib, ayollar oʻrtasidagi bahslar boshlanadi. Kechki dasturda medallar uchun gilamga chiqadigan “klassik” kurashchilarimiz:

Final:
-60 kg: Alisher Gʻaniyev – Se Ung Ri (KXDR)

Bronza medali uchun:
-67 kg: Abdumalik Aminov – Ji Leng (Xitoy) / Sachin Saxravat (Hindiston)
-72 kg: Shahzod Qoʻchqorov – Taishi Narikuni (Yaponiya)

Bugun saralash bahslarini oʻtkazadigan qizlarimiz va ularning ilk raqiblari:

-50 kg: Aktenge Keunimjayeva – Miran Cheon (Koreya Respublikasi)
-55 kg: Dilshoda Matnazarova – Ariunzaya Odonchimeg (Moʻgʻuliston)
-59 kg: Ulmeken Esenbayeva – Xebin An (Koreya Respublikasi)
-68 kg: Svetlana Oqnazarova – Delgerma Enxsayxan (Moʻgʻuliston)
-76 kg: Ozoda Zaripboyeva – Xu Chang (Xitoy Taipeyi)

Text to speech