15 Fevral 2026
37
Fargʻonada “Uzbekistan Judo Tour” turniri tashkil etildi
Fargʻona shahrida dzyudo boʻyicha “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Sovrin jamgʻarmasi 200 million soʻmni tashkil etgan turnirda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan polvonlar bahs olib borishdi.
Bellashuvlar yakuniga koʻra, Mirzohid Mahammadjonov (-66 kg), Bobur Yangiboyev (-81 kg), Nurbek Murtazoyev (-90 kg) va Muxlisa Qodirberganova (+70 kg) oʻz vazn toifalarida oltin medalga sazovor boʻlishdi.