25 Mart 2026 167

Yekaterina Xilkoni tabriklaymiz!

Bugun trampolin boʻyicha Pekin-2008 yozgi Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionati, Doha-2006 va Guanchjou-2010 yozgi Osiyo oʻyinlarining bronza medali sohibi, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” hamda “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Yekaterina Xilko tugʻilgan kunini nishonlamoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Yekaterina Viktorovnani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech