6 Aprel 2026 54

Ikki nafar bokschimiz Osiyo chempionatining finalga yoʻl oldi

Moʻgʻuliston poytaxtida oʻtkazilayotgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida yarim finalning dastlabki kun kun bahslari ortda qoldi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasining 4 nafar aʼzosidan 2 tasi muvaffaqiyatli jang oʻtkazib, chempionlik bahsida ringga koʻtariladigan boʻldi. Yana 2 nafar hamyurtimiz bronza medaliga ega chiqdi.

-70 kg: Oysha Toirova — Arundhati Choudhari (Hindiston) 1:4
-75 kg: Aziza Zokirova — Lovlina Borgoxain (Hindiston) 5:0
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva — Dina Islambekova (Qozogʻiston) 0:5
-65 kg: Abdulloh Madaminov — Shion Nishiyama (Yaponiya) 5:0

🥉 Bronza medal:
-70 kg: Oysha Toirova
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Ertaga yana 6 nafar hamyurtimiz yarim final jangini oʻtkazishadi.

Text to speech