2 Aprel 2026
76
Dzyudochilarimiz uchun antidoping yoʻnalishidagi soʻnggi oʻzgarishlar boʻyicha seminar tashkil etildi
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari uchun antidoping yoʻnalishidagi soʻnggi oʻzgarishlarga bagʻishlangan seminar tashkil etildi. Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan tadbirda, sportchilarga yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunda antidoping boʻyicha kiritilgan oʻzgarishlar hamda Butunjahon antidoping agentligi (WADA) kodeksidagi yangiliklar yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
Tadbir davomida taqiqlangan moddalar roʻyxati, doping nazorati jarayonlari va sportchilar zimmasidagi masʼuliyat masalalari alohida tushuntirildi.