7 Fevral 2026
33
Davronova hamda Hukmova Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritishdi
Xitoyning Tyanszin shahrida yengil atletika boʻyicha yopiq inshootdagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 2 ta oltin medalga sazovor boʻldi.
Uch hatlab sakrash dasturida Sharifa Davronova 14,05 metr bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Jonbibi Hukmova 400 metrga (53,61) kechgan bellashuvlarda eng yaxshi natijani qayd etdi.