1 Aprel 2026 95

JCh-2026: Guruh bosqichidagi soʻnggi raqibimiz aniq

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati guruh bosqichidagi soʻnggi raqibi maʼlum. Kongo DR – Yamayka oʻrtasida kechgan qitʼalararo oʻtish bellashuvida Kongo DR ustun kelib, mundialda “K” guruhida ishtirok etadigan boʻldi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston – Kongo DR oʻrtasidagi 3-tur bellashuvi Toshkent vaqti bilan 28-iyun tongida, soat 04:30 da start oladi. Uchrashuvga AQShning Atlanta shahridagi “Mercedes-Benz” stadioni mezbonlik qiladi.

“K” guruhining toʻliq holati: Portugaliya, Oʻzbekiston, Kolumbiya, Kongo DR.

Text to speech