FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
21 Yanvar 2026 590

Biz 34 yoshdamiz!

Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi tashkil etilganiga roppa-rosa 34 yil toʻldi. 1993-yil Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining 101-sessiyasida Oʻzbekiston MOQ rasman XOQ aʼzoligiga qabul qilinganidan soʻng, mamlakatimiz delegatsiyasi 8 ta yozgi va 8 ta qishki Olimpiya oʻyinlari, shuningdek yozgi va qishki Osiyo oʻyinlari hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Mard va muzaffar sportchilarimiz ushbu startlardagi gʻalabalari bilan Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi muhtaram Prezidentimiz raisligida rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qoʻygan. Federatsiya va assotsiatsiyalar, terma jamoalar, sportchilar va murabbiylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash orqali jahon arenalaridagi yutuqlarimiz koʻlami izchil ortib bormoqda.

Qadrli yurtdoshlar!

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi mamlakatimizda Olimpiya harakati rivoji yoʻlida xizmat qilayotgan barcha sportchilar, murabbiylar, mutaxassislar va faxriylarni ushbu qutlugʻ sana bilan samimiy tabriklaydi.

Text to speech