22 Mart 2026
38
Sharifa Davronova jahon chempionatida kuchli oʻnlikdan joy oldi
Yengil atletikachimiz Sharifa Davronova Polshada oʻtayotgan yopiq inshootlardagi jahon chempionatida ishtirokini yakunladi. Uch hatlab sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz 13.81 metr natija qayd etdi.
Bu bilan yurtdoshimiz musobaqani 10-pogʻonada yakunladi.