29 Aprel 2026
118
Shahnoza Abdullayeva “Tour of Bostonliq” poygasining ilk bosqichida gʻalaba qozondi
Toshkentda veloshosse boʻyicha “Tour of Bostonliq” musobaqasi oʻtkazilmoqda. Ortda qolgan birinchi kun bahslari Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi uchun omadli oʻtdi.
86 km masofaga kechgan dastlabki bosqichda “7 Saber Uzbekistan Women Cycling Team” jamoasi aʼzosi Shahnoza Abdullayeva marraga birinchi boʻlib yetib keldi va yetakchilikni qoʻlga oldi. Yurtdoshimiz masofani bosib oʻtish uchun 2:28:39 soat vaqt sarfladi. Finishda eng yaqin taʼqibchilari boʻlgan xitoylik sportchilarni 1 daqiqadan uzoqroq tafovut bilan ortda qoldirishga erishdi.