18 Aprel 2026
264
Alisher Yusupov Osiyo chempioni, yana 4 dzyudochimizda bronza
Xitoyning Ordos shahrida dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatining yakkalik bellashuvlari yakuniga yetdi. Bugungi bellashuvlarda sportchilarimiz 1 ta oltin va 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
🥇 Oltin medal:
+100 kg: Alisher Yusupov
🥉 Bronza medal:
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
+100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev
-78 kg: Barchinoy Qodirova
+78 kg: Umida Nigmatova
Shu tariqa, dzyudochilarimiz yakkalik bahslarida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallarini jamgʻarishdi. Dasturga koʻra, ertaga aralash jamoaviy yoʻnalishda gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi.