7 Fevral 2026 37

Aytjan Xalmaxanov Zagreb Open turnirida chempion boʻldi

Shu kunlarda Xorvatiya poytaxtida yunon-rum kurashi boʻyicha Zagreb Open xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda. Unda qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqaning birinchi kunida oltin medalga sazovor boʻldi.

Ushbu medalni iqtidorli polvonimiz Aytjan Xalmaxanov keltirdi. -67 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz barcha raqiblarini magʻlub etib, “klassik” kurashchilarimizning joriy yildagi ilk medaliga mualliflik qildi.

Text to speech