FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Dekabr 2025 930

Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi

Poytaxtimizdagi “City Mall” savdo markazida 3-dekabr – Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni munosabati bilan #Biz_Inklyuziv_jamiyatni_yaratamiz shiori ostida tadbir oʻtkazildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Milliy Paralimpiya qoʻmitasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati ham ishtirok etib, mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatladi.

Tadbir davomida turli sindromlar yoki nogironlik bilan yashayotgan fuqarolar, ayniqsa, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni jamiyatga faol integratsiya qilishga qaratilgan loyihalar taqdim etildi. Shuningdek, inklyuziv muhitni shakllantirish, imkoniyati cheklangan shaxslarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirishga doir tashabbuslar yoritildi.

Text to speech