22 Noyabr 2025 55

Badiiy gimnastika boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston” xalqaro turniri oʻtkazildi

20-21-noyabr kunlari Toshkentda badiiy gimnastika boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston” xalqaro turniri boʻlib oʻtdi. Yakkalik bellashuvlarida hamyurtimiz Natalya Usova 112,45 ball bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, rossiyalik Varvara Toporova 107,25 ball bilan ikkinchi, yana bir yurtdoshimiz Elvina Bektemirova esa 103,95 ball bilan uchinchi oʻrinni egalladi. Guruh mashqlarida ham terma jamoamiz vakillari oltin medalni qoʻlga kiritishdi.

Text to speech