25 Noyabr 2025 216

Chavandozlarimiz Fujayradagi turnirda sovrindor boʻlishdi

BAAning Fujayra shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSI3* tasnifidagi xalqaro musobaqa oʻtkazildi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari kumush va bronza medallariga ega chiqdi.

Bellashuvlarda Abdurahmom Abdullayev “Caballone” laqabli oti bilan 150 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Bekzod Qurbonov “Matts VG” bilan 145 sm balandlikdagi bahslarda uchinchi boʻldi.

Text to speech