22 Noyabr 2025 258

Qarshi oling, Prezident Olimpiadasi boshlanmoqda

Poytaxtimizda oʻzbek sportidagi yilning muhim voqeliklaridan biri — “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining final bosqchi hisoblangan Prezident Olimpiadasi boshlanmoqda. Ertadan musobaqa ishtirokchilari Toshkentda jam boʻlishadi. 24-noyabrdan esa yurtimizning eng kuchli yosh sportchilari gʻoliblik uchun bahslarga kirishishadi.

Boks, erkin kurash, yunon-rum kurashi, dzyudo, ogʻir atletika, yengil atletika, 3x3 basketbol, badiiy gimnastika, taekvondo WT, stol tennisi kabi 10 ta Olimpiya sport turini oʻz ichiga olgan bahslar Olimpiya shaharchasi, Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Gimnastika boʻyicha Olimpiya zaxiralari bolalar va oʻsmirlar sport maktabida tashkil etiladi.

15-17 yoshli oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkaziladigan ushbu musobaqa milliy terma jamoalarimizga iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech