23 Noyabr 2025
133
Geosiyosiy hamkorlikning yangi arxitekturasi: Toshkent va Vashington munosabatlari strategik yuksalish pallasida
Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yangi bosqichga chiqmoqda. Yaqinda tashkil etilgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashiga ikki tomondan kimlar rahbarlik qilishi maʼlum bo‘ldi:
AQSH tomonidan: Prezident Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili — Serjio Gor. O‘zbekiston tomonidan: Prezident Administratsiyasi rahbari — Saida Mirziyoyeva.
AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik endi shunchaki qog‘ozdagi kelishuv emas, balki ikki tomonlama yuqori boshqaruv ostidagi aniq mexanizmga aylanmoqda.
Prezidentimizning noyabrdagi AQSH safari o‘z mevasini bermoqda: maqsad — Amerika texnologiyalari va investitsiyalarini O‘zbekistonga olib kirish.
Manba: Hudud Inform
