21 Noyabr 2025 323

96 ta medal jamgʻargan Oʻzbekiston delegatsiyasi Riyod-2025 Islom birdamligi oʻyinlarini ikkinchi oʻrinda yakunladi

Oʻzbekiston delegatsiyasi VI Islom birdamligi oʻyinlaridagi ishtirokini yakunladi. Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilgan bu gali musobaqada muzaffar sportchilarimiz 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza medallari bilan 57 mamlakat orasida umumjamoa hisobida Turkiyadan keyin ikkinchi oʻrinni egallashdi.

Atletlarimiz tomonidan qoʻlga kiritilgan ushbu muvaffaqiyat mamlakatimizning Islom birdamligi sport assotsiatsiyasiga aʼzo davlatlar orasida yirik sport derjavalaridan biri ekanini yana bir karra koʻrsatdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi barcha sportchi va murabbiylarni, federatsiya va assotsiatsiyalarni, qolaversa, millionlab yurtdoshlarimizni mazkur musobaqada qoʻlga kiritilgan ulkan gʻalaba bilan samimiy muborakbod etadi.

Text to speech