16 Noyabr 2025
233
Kamonchilarimiz birinchi bor Osiyo chempionatida shohsupaga koʻtarilishdi
Bangladeshda kamondan otish boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazildi. Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ilk bor qitʼa birinchiligida sovrindor boʻlishdi.
Mikst dasturida Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchilari Amirxon Sodiqov hamda Ziyodaxon Abdusattorova juftligi finalgacha yetib borib, kumush medalga sazovor boʻldi. Shuningdek, yigitlarimiz jamoaviy dasturda uchinchi oʻrin uchun bahsda Qozogʻistondan ustun kelib, bronza medallariga ega chiqishdi.

