15 Noyabr 2025
172
Riyod-2025: Najmiddin Qosimhojiyev delegatsiyamizga kumush medal keltirdi
Bu yil oʻzbek taekvondosida porlayotgan Najmiddin Qosimhojiyev Islom birdamligi oʻyinlarida ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. -74 kg vazn toifasining chempionlik bahsida Olimpiada finalchisi, iordaniyalik Zaid Abdul Karim bilan jang olib borgan Najmiddin imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.
