12 Noyabr 2025
498
Sport vazirligida “Prezident Olimpiadasi” musobaqalariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Bugun Sport vazirligida “Prezident Olimpiadasi” musobaqalarini samarali tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik rahbariyati, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi mutasaddilari hamda tegishli soha vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida musobaqalarning tashkiliy-texnik jihatlari, ishtirokchilarni joylashtirish tizimi, arenalarda infratuzilmani tayyorlash, xavfsizlik va tibbiy ta’minot masalalari atroflicha koʻrib chiqildi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, volontyorlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda sportchilarga qulay sharoitlar yaratish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.






