11 Noyabr 2025
258
Riyod-2025: Xumorabonu Mamajonova Islom birdamligi oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritdi
Boks bellashuvlarida yana bir final bahsi yakunlandi. Ayollar oʻrtasida -57 kg vazn toifasida kechgan chempionlik jangida hamyurtimiz Xumorabonu Mamajonova ozarbayjonlik raqibini magʻlub etib, musobaqa gʻolibiga aylandi.
