9 Noyabr 2025
328
Riyod-2025: Bugungi kunni 5 ta medal bilan yakunladik
VI Islom birdamligi oʻyinlarining bugungi kuni delegatsiyamiz uchun omadli oʻtdi. Sportchilarimiz kun davomida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.
Oltin:
- Zamoxshari Bekmurodov (dzyudo, -66 kg)
Kumush:
- Shahram Ahadov (dzyudo, -73 kg)
- Ilya Sibirsev (erkin suzish, 1500 metr)
Bronza:
- Laziza Haydarova (dzyudo, -48 kg)
- Shukurjon Aminova (dzyudo, -57 kg)
Ushbu natijadan keyin delegatsiyamiz Turkiya va Indoneziyadan keyin hozircha 3-oʻrinda turibdi.




