Ar-Riyodda ISSAning navbatdagi Bosh Assambleyasi oʻtkazildi
Bugun Islom birdamligi sport assotsiatsiyasining (ISSA) 14-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtdi. Tashkilot kelajagiga oid qator muhim masalalar koʻrib chiqilgan tadbirda Oʻzbekiston nomidan Sport vaziri Adham Ikramov hamda MOQ Xalqaro aloqalar va protokol departamenti direktori Kamoliddin Ergashev ishtirok etdi.
Bosh Assambleyada Islom birdamligi oʻyinlarining kelgusi mezbon davlati e’lon qilindi. Unga Oʻzbekiston, Malayziya va Eron mamlakatlari ariza topshirgan boʻlib, ISSA barcha nomzodlar, xususan, Oʻzbekistonda bu borada imkoniyatlar yetarli ekanini e’tirof etdi. Shuningdek, mamlakatimiz 2029-yil Osiyo yoshlar oʻyinlarini oʻtkazishi inobatga olingan holda kelgusi Islom birdamligi oʻyinlari mezbonligi Malayziyaga topshirildi.
Qolaversa, tadbir davomida yana koʻplab muhim masalalar, ISSA qoʻmitalari tarkibi va qator loyihalar koʻrib chiqildi.









