7 Noyabr 2025
236
Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbariyati Ar-Riyodga yetib keldi
Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbariyati Riyod-2025 VI Islom birdamligi oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoni poytaxtiga yetib keldi. Mehmonlarni Saudiya Arabistoni MOQ Ijroiya qoʻmitasi a’zosi shahzoda Abdulla Fath al Saud samimiy kutib oldi.
Suhbat chogʻida tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va doʻstona aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qilishdi.






