27 Oktyabr 2025 773

Svetlana Osipova jahon chempionatlaridagi uchinchi medaliga ega chiqdi

Xitoyning Usi shahrida oʻtayotgan taekvondo WT boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi ikkinchi medaliga sazovor boʻldi. Finalgacha Xitoy Taipeyi, Janubiy Koreya va Xitoy vakillarini magʻlub etgan Svetlana Osipova (+73 kg) hal qiluvchi bahsda turkiyalik Nafisa Kushga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Bu Osipovaning jahon chempionatlaridagi uchinchi medali boʻldi. Bungacha uning hisobida dunyo birinchiliklarining 1 tadan oltin va kumush medallari bor edi.

Text to speech