30 Sentyabr 2025
839
Jahon sumo afsonasi Xakuxo Syo Oʻzbekiston MOQga tashrif buyurdi
Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov taniqli sumo kurashchisi, bir qator yoʻnalishlar boʻyicha “Ginnesning rekordlari” kitobiga kirgan Xakuxo Syo va Moʻgʻulistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi faxriy konsuli Bexbat Sodonov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbatda mehmonlarga Oʻzbekiston sumo federatsiyasi rasmiylari hamrohlik qilishdi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda sumoni yanada ommaviylashtirish, sportchilarimizning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini koʻpaytirishga doir masalalar koʻrib chiqildi.









