26 Avgust 2025
609
Kamonchilarimiz jahon chempionatidan avval soʻnggi yigʻinni oʻtkazishmoqda
Shu kunlarda kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Koreya Respublikasining Kvanju shahrida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda. Mazkur yigʻin sportchilarimizga 5-12-sentyabr kunlari tashkil etiladigan jahon chempionati oldidan soʻnggi va muhim tayyorgarlik bosqichi vazifasini oʻtaydi.
Rejaga koʻra, 2-avgust kuni boshlangan mashgʻulotlar 3-sentyabrga qadar davom etadi. Eslatib oʻtamiz, boʻlajak dunyo birinchiligida Amirxon Sodiqov, Shohjahon Abdulhamidov, Bekzod Boborajabov, Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva hamda Jasmina Nurmanova yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

