26 Iyul 2021 1493

Hikmatilloh To‘rayev ham g‘alabali ishtirokini boshladi

Dzyudochilarimizning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabali yurishi boshlandi. Bugun -73 kg vazn toifasidagi vakilimiz Hikmatilloh To‘rayev ilk bosqichda muvaffaqiyat qozondi.

Germaniyalik Igor Vandtkega qarshi bahsda vakilimiz o‘zining chiroyli harakatlari bilan dzyudo muxlislariga ishonch bag‘ishladi. Qayd etish joiz, vakilimizni keyingi bosqichda ancha jiddiy raqib kutib turibdi. Chorak finalga chiqish uchun u janubiy koreyalik An Changrimga qarshi tatamiga chiqadi. Bo‘lajak bahsda ham To‘rayevga omad tilab qolamiz.

Text to speech