29 May 2025
1027
Toshkentda golf boʻyicha xalqaro turnir boshlanmoqda
Toshkentda golf boʻyicha “Ipak yoʻli” xalqaro musobaqasi start olmoqda. 1-iyunga qadar davom etadigan turnir hisob boʻyicha uchinchi bor tashkil etilmoqda.
Mazkur musobaqa avvallari Qozogʻiston va Turkiyada oʻtkazilgan boʻlib, bu gal unga poytaxtimiz mezbonlik qiladi. Bu yilgi bahslarda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Xitoy, Hindiston, Qirgʻiziston va Rossiyadan 8 ta jamoa gʻoliblik uchun kurash olib boradi.
