28 May 2025
2934
Futbol boʻyicha milliy terma jamoamiz yigʻinga kirishdi
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 3-saralash bosqichining soʻnggi uchrashuvlari oldidan yigʻinni boshladi. Bugun Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoamiz Toshkentda dastlabki mashgʻulotlarni oʻtkazdi. Rejaga muvofiq, ertadan jamoamiz BAAga yoʻl oladi va tayyorgarlikning qolgan qismini Dubay shahrida olib boradi.









