28 May 2025
1334
Toshkentda stol tennisi boʻyicha xalqaro musobaqa boshlandi
Bugun poytaxtimizdagi “Humo arena” majmuasida stol tennisi boʻyicha “WTT Youth contender” musobaqasi boshlandi. 31-mayga qadar davom etadigan turnirda 16 mamlakatdan 300 nafarga yaqin sportchi gʻoliblik uchun bahs olib boradi. Dasturga koʻra, birinchi kun 5 yosh toifasida (U11, U13, U15, U17 va U19) dastlabki saralash bellashuvlari oʻtkazilmoqda.









