27 May 2025 2008

“Haqqim bor” filmining premyerasi boʻlib oʻtdi

Poytaxtimizdagi “Cinematica” kinoteatrida “Haqqim bor” filmining premyerasi boʻlib oʻtdi. Film bugungi kun zoʻravolikka uchrayotgan bolalarining orzu-umidlari, hayotga bo‘lgan qiziqishlari hamda ular duch kelayotgan ijtimoiy muammolarni chuqur yoritib bergan.

Ushbu kartinada bolalarning ichki kechinmalari, ijtimoiy himoya va qo‘llab-quvvatlash muhitida o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan intilishlari mahorat bilan ifodalangan.

Premyerada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati, sport va kino olamining taniqli vakillari ishtirok etdi.

Film namoyishi 1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” arafasida tashkil etilgani bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi. Bu esa filmning asosiy g‘oyasi — bolalarning huquqlari, imkoniyatlari va jamiyatdagi o‘rni borasidagi masalalarni keng jamoatchilik e’tiboriga havola etish maqsadini yanada kuchaytirdi.

Film namoyishi yakunidan keyin rasmiylar zoʻravonlik qurboni boʻlgan bolalar tomonidan chizilgan suratlar koʻrgazmasini koʻzdan kechirishdi. Unda bolalar dunyoni qanday koʻrishlari, ichki kechinmalari ta’sirli aks ettirib berilgan.

Text to speech