Xalqaro triatlon ittifoqi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
24-25-may kunlari Samarqand shahrida triatlon va para-triatlon boʻyicha Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtdi. Bugun Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati Xalqaro triatlon ittifoqi Prezidenti Antonio Arimani bilan uchrashdi.
Respublika Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida oʻtgan tadbirda vazir Adham Ikramov, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov va MPQ raisi Muxtorxon Tashxodjayev janob Arimaniga mana shunday yirik musobaqalarni yurtimizda oʻtkazishga ishonch bildirayotgani uchun minnatdorchilik bildirishdi. Oʻz navbatida, xalqaro tashkilot rahbari Samarqand doimo masʼuliyatli musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazib kelishi, oʻzbekistonlik triatlonchilarning saviyasi ortib borayotganiga toʻxtalib oʻtdi.
Samimiy ruhda oʻtgan suhbat davomida oʻzaro hamkorlikning yangi qirralarini muhokama qilindi.









