21 May 2025
1520
Toshkentda suzish boʻyicha xalqaro turnir oʻtkazilmoqda
Shu kunlarda Toshkent suzish boʻyicha I Markaziy Osiyo ochiq chempionatiga mezbonlik qilmoqda. 23-mayga qadar davom etadigan musobaqada 5 mamlakat vakillari gʻoliblik uchun bahs olib borishyapti.
Ortda qolgan kun Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli “Suv sporti saroyi”da turnirning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda hukumat vakillari va jamoat arboblari, shuningdek, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi.
Tadbirdan soʻng kun dasturidan oʻrin olgan final bellashuvlariga start berildi. Qiziqarli bahslarda Eldor Usmonov, Anastasiya Zelinskaya kabi terma jamoamiz yetakchilari oʻz masofalarida oltin medallarni qoʻlga kiritishdi.






