20 May 2025
1784
Osiyo sohil oʻyinlari qaytdi
Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Osiyo sohil oʻyinlari qayta yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qildi. Unga koʻra, 2026-yilning 22-30-aprel kunlari Xitoyning Sanya shahri Osiyo sohil oʻyinlariga mezbonlik qiladi.
“OOK va Xitoy Olimpiya qoʻmitasi Sanya shahrida tashkil etilishi kerak boʻlgan, biroq koronavirus pandemiyasi davrida bekor qilingan Osiyo sohil oʻyinlarini oʻtkazishni bir ovozdan maʼqulladi”, – deyiladi OOK bayonotida.
