19 May 2025 2161

Butunjahon kamondan otish federatsiyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga Butunjahon kamondan otish federatsiyasi Bosh kotibi, Butunjahon sport o‘yinlari xalqaro assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Tom Dilen, Rossiya kamondan otish federatsiyasi rahbari Zorigto Manxanov, Koreya Respublikasi kamondan otish assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Yonsul Chan tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo‘mondoni, mamlakat kamondan otish federatsiyasi rahbari, general-mayor Rustam Djurayev va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi olishdi.

Uchrashuv chog‘ida mamlakatimizda kamondan otish sport turini rivojlantirish, xalqaro turnirlarni tashkil etish va bu boradagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, rasmiylar O‘zbekiston tomoni hurmatli Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda sport sohasida ham ulkan islohotlar olib borilayotgani haqida ma’lumot berishdi.

O‘z navbatida, mehmonlar yurtimizdagi o‘zgarishlarni yuksak baholab, ularga shaxsan guvoh bo‘lganlarini bildirishdi hamda o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalarda yuqori natijalar qayd etishiga ishonch bildirdilar.

Suhbat damovida tomonlar kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni muhokama qildilar.

Text to speech