18 May 2025 1846

Bahrayn Osiyo yoshlar o‘yinlarini qabul qilishga shaylanmoqda

Bahraynda III Osiyo yoshlar o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan delegatsiya a’zolarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston MOQ vakillari ham ishtirok etib, bo‘lajak musobaqalar bilan bog‘liq muhim masalalar bilan tanishishdi.

Tadbir davomida tashkiliy qo‘mita vakillari O‘yinlar dasturi va taqvimi, shuningdek, musobaqalar o‘tkaziladigan sport inshootlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi. Uchrashuvda infratuzilma holati, sportchilarga yaratilayotgan sharoitlar va logistika masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, III Osiyo yoshlar o‘yinlari joriy yilning 22–31-oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Text to speech