16 May 2025
1419
Suv-motor sporti yoʻnalishida xalqaro hamkorlik koʻrib chiqildi
Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga “H2O Management Ltd.” kompaniyasi hamda Rossiya suv-motorli sport turlari federatsiyasi rahbariyati tashrif buyurdi. Mehmonlarni Sport vaziri Adham Ikramov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov kutib olishdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda suv-motor sporti va akvabayk yoʻnalishlarini rivojlantirish, ushbu sport turlari boʻyicha xalqaro musobaqalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Qayd etish joizki, “H2O Management Ltd.” kompaniyasi ushbu yoʻnalishda yirik xalqaro musobaqalarni tashkil etish va boshqarishda katta tajribaga ega. Bu kabi hamkorlik Oʻzbekistonda mazkur yoʻnalishning yangi bosqichga chiqishiga xizmat qilishi kutilmoqda.




