Toshkentda kurash rivojining dolzarb muammolari mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi
Bugun poytaxtimizda milliy kurashimizning xalqaro maydondagi oʻrnini yanada mustahkamlash mavzusiga qaratilgan “Kurash sportini rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini boshladi.
Tadbir kurashning global rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish, uni ommalashtirish, Osiyo oʻyinlaridagi oʻrnini mustahkamlash va ushbu sport turidagi ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish kabi ustuvor vazifalarni qamrab olgan.
Konferensiyada Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, mamlakat kurash federatsiyasi rahbariyati, shuningdek, Xalqaro kurash instituti va Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti olimlari va mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida kurashni Olimpiya sport turlari qatoriga kiritish yoʻlidagi qadamlar, yoshlar oʻrtasida ushbu sportni keng targʻib etish, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda mashgʻulot jarayonlarini takomillashtirish kabi qator dolzarb masalalar muhokama qilinyapti.









