Yosh ogʻir atletikachilarimiz jahon chempionatini 17 ta medal bilan yakunlashdi
Peru poytaxti Lima shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida hamyurtimiz Qudratbek Salimjonov (yoshlar) -109 kg vazn toifasining dast koʻtarish mashqida bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi mazkur musobaqada 3 ta oltin, 7 ta kumush va 7 ta bronza, jami 17 ta medal jamgʻardi.
Mohinur Esonboyeva - 2 ta oltin va 1 ta bronza;
Alisher Osmanov - 1 ta oltin va 2 ta kumush;
Marjona Abdumutalova - 2 ta kumush va 1 ta bronza;
Munisbek Davletov - 2 ta kumush;
Diyorbek Ro‘zmetov - 1 ta kumush va 2 ta bronza;
Xikmatillo Xaydarov - 1 ta bronza;
Dilnura Xoldorova - 1 ta bronza;
Qudratbek Salimjonov - 1 ta bronza.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu natija bilan mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni tabriklab, yosh polvonlarimizning kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyat tilab qoladi.
