5 May 2025
1117
Ogʻir atletikachilarimiz Perudagi jahon chempionatida dastlabki oltin medallarni rasmiylashtirishdi
Peruda oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz dastlabki oltin medallariga ega chiqdi. Oʻsmirlar oʻrtasida kechgan bellashuvlarda Mohinur Esonboyeva (+81 kg) hamda Alisher Osmanov (-102 kg) 3 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi. Esonboyeva siltab koʻtarish va ikki kurash, Osmanov esa dast koʻtarish mashqida tengsiz ekanliklarini koʻrsatishdi.
Oltin medal:
+81 kg: Mohinur Esonboyeva (oʻsmirlar, siltab koʻtarish)
+81 kg: Mohinur Esonboyeva (oʻsmirlar, ikki kurash)
-102 kg: Alisher Osmanov (oʻsmirlar, dast koʻtarish)
Kumush medal:
+81 kg: Mohinur Esonboyeva (oʻsmirlar, dast koʻtarish)
-102 kg: Alisher Osmanov (oʻsmirlar, siltab koʻtarish)
-102 kg: Alisher Osmanov (oʻsmirlar, ikki kurash)

