3 May 2025
1084
Chavandozimiz Eronda gʻalaba qozondi
30-aprel - 2-may kunlari Eron poytaxti Tehron shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSIY-B xalqaro turniri boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Dilshod Shokirov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Sportchimiz ushbu muvaffaqiyatga 110-115 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida erishdi.
