3 May 2025
1042
Dzyudochilarimizdan Dushanbe “Katta dubulgʻa” turnirida yana ikki medal
Tojikiston poytaxtida oʻtkazilayotgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasining ikkinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi yana ikki medalga sazovor boʻldi. Oʻrta vazn tofasidagi bellashuvlarda yigitlarimiz oʻz nomlarini sovrindorlar qatoriga yozdirib qoʻyishdi.
-73 kg vazn toifasidagi bahslarda Hojiakbar Toshev, -81 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda esa Murodjon Yoʻldoshev bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.


