1 May 2025 2050

Yosh bokschilarimiz Osiyo chempionatida ochkolar boʻyicha tengsiz boʻlishdi

Iordaniyaning Amman shahrida boks boʻyicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqaning soʻnggi kunida U17 toifasidagi final janglari oʻtkazildi. Unda bokschilarimiz 8 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Oltin medal:
-48 kg: Habibulla Saynazarov
-57 kg: Asilbek Abduqodirov
-63,5 kg: Saidxoʻja Sadillaxoʻjayev
-70 kg: Diyorbek Murodilloyev
-48 kg: Nazokat Mardonova
-57 kg: Farzuna Roʻziyeva
-60 kg: Rushanabonu Isoyeva
-80 kg: Mavjuda Abdusaidova

Kumush medal:
-54 kg: Bobomurod Boymirzayev
-60 kg: Abrorbek Sharipov
-75 kg: Xurshidbek Joʻrayev
-50 kg: Shodiyona Meliqoʻziyeva
-54 kg: Sabrina Chakomanova
-70 kg: Ulbosin Jalgasbayeva
-75 kg: Samira Turgʻunova

Bronza medal:
-52 kg: Asadbek Esonboyev
+80 kg: Artur Kenesbayev
-52 kg: Qumriniso Muhammadova
+80 kg: Sohibaxon Xudoyberdiyeva

Ahamiyatlisi, Rushanabonu Isoyeva mazkur yosh toifasidagi qizlar orasida eng yaxshi bokschi deb topildi.

World Boxing tomonidan tashkil etilgan mazkur qitʼa birinchiligida Oʻzbekiston delegatsiyasi ochkolar boʻyicha umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi. Har ikki yosh toifasidagi bahslarda bokschilarimiz 15 tadan oltin va kumush, 12 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.

Text to speech