30 Aprel 2025 1678

Taekvondochilarimiz klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatini 14 ta medal bilan tugatishdi

Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

Oltin medal:
-54 kg: Jahongir Xudoyberdiyev
-67 kg: Ozoda Sobirjonova

Kumush medal:
-58 kg: Omonjon Otajonov
+73 kg: Svetlana Osipova

Bronza medal:
-62 kg: Sevinch Hayitova

Shu tariqa, taekvondochilarimiz mazkur musobaqada 4 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.

Text to speech