29 Aprel 2025
1127
Sport gimnastikachilarimiz Jahon kubogida 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi
Misr poytaxtida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi nihoyasiga yetdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.
Har ikki medalni yigitlarimiz qoʻlga kiritishdi. Abdulaziz Mirvaliyev tayanib sakrash dasturida 14.116 ball bilan bronza medali sohibiga aylangan boʻlsa, parallel brusda 13.866 ball jamgʻargan ikki karra Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Rasuljon Abdurasulov ham kuchli uchlikni yakunlab berdi.
