Toshkentga World Aquatics, MOQA va Osiyo Olimpiya kengashi delegatsiyasi yetib keldi
Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga World Aquatics prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Bosh direktori Husayn Al Musallam, Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi (MOQA) birinchi vitse-prezidenti hamda Qatar MOQ prezidenti Shayx Joaan Ol Soniy, OOK vitse-prezidenti Tani Abdulraxmon Al Kuvari boshchiligidagi yuqori martabali delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Toshkent aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov va Oʻzbekiston MOQ raisining birinchi oʻrinbosari, OOK vitse-prezidenti Otabek Umarov kutib olishdi.
Tashrif doirasida mamlakatimizda olimpiya harakati, xususan, suv sporti turlarini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha rasmiy uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.









