28 Aprel 2025 1016

Gimnastikachilarimiz Jahon kubogi bosqichini 10 ta medal bilan yakunlashdi

Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi yakunlandi. Musobaqaning soʻnggi kunida sportchilarimiz 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.

 Oltin medal:
Taxmina Ikromova (xalqa)

 Kumush medal:
Anastasiya Saranseva (xalqa)
Anastasiya Saranseva (bulava)
Taxmina Ikromova (toʻp)
Taxmina Ikromova (tasma)

 Bronza medal:
Guruh mashqi (3 toʻp va 2 xalqa)
Anastasiya Saranseva (toʻp)
Taxmina Ikromova (bulava)

Shu tariqa, jamoamiz mazkur turnirda 2 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Text to speech