23 Aprel 2025
1091
Taekvondochilarimiz Xitoydagi turnirni 5 ta medal bilan boshlashdi
Bugun Xitoyning Tayan shahrida taekvondo WT boʻyicha butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi musobaqasi start oldi. Osiyo mintaqasi vakillari uchun tashkil etilayotgan mazkur turnirning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.
Oltin medal:
-80 kg: Jasur Jaysunov
+87 kg: Marat Mavlonov
Kumush medal:
-87 kg: Shuhrat Salayev
Bronza medal:
-87 kg: Yodgor Joʻraboyev
-57 kg: Madina Mirabzalova
